Endi oʼqishini koʼchirmoqchi boʼlgan talabalar uyidan turib veb-platforma orqali ariza topshirishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʼqishini koʼchirish, qayta tiklash va oʼqishdan chetlashtirish tartibi toʼgʼrisida”gi Nizomga muvofiq oʼqishini koʼchirish boʼyicha arizalarni taqdim etish — har yili 15-iyuldan 5-avgustga qadar amalga oshiriladi.
Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi axborot xizmati xabar berishicha oʼqishini koʼchirmoqchi boʼlgan fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida vazirlikning http://www.transfer.edu.uz/ elektron platformasi tayyorlangan.
Tizim hozircha test rejimida. Tizim 15:00 dan boshlab toʼlaqonli ishga tushirilgan.
Shu paytgacha Respublikaning 14 ta hududlarida tashkil etilgan Ishchi guruhlarida fuqarolarning arizalari qabul qilinar edi. Endi oʼqishini koʼchirmoqchi boʼlgan fuqarolar uyidan turib veb-platforma orqali ariza topshirishi mumkin.
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch

