Samarqand davlar chet tillar instituti

Mazkur tadbir onlayn ravishda “ZOOM” platformasi orqali tashkil etildi. Samarqand davlat chet tillar instituti rektori I.M.Tuxtasinov tadbirni kirish soʼzi bilan ochib, kun tartibidagi mavzu bilan tadbir ishtirokchilarini tanishtirdi. Shuningdek, tadbirda koʼzlangan asosiy maqsad professor-oʼqituvchilar va talaba-yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, davlat va jamiyat hayotining barcha sohasida mazkur illatga qarshi kurashish kerakligini, shuningdek, davlatimiz rahbarining 2017-yil 2-fevralda imzolagan “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʼgʼrisida”gi Oʼzbekiston Respublikasi qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Qarori mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurash mexanizmlarini amalda jonlantirishga, mamlakat taraqqiyotiga jiddiy toʼsiq boʼlib, sohalar yuksalishiga bevosita tahdid tugʼdiradigan asosiy illat ekanligi va bu borada koʼpkina amaliy tadbirlar oʼtkazilib kelinayotganligi haqida toʼxtalib oʼtdi. 

Shundan soʼng soʼz navbatini Samarqand viloyat IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi boʼlimi boshligʼi oʼrinbosari podpolkovnik N.N.Umarovga berdi. Samarqand viloyat IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi boʼlimi boshligʼi oʼrinbosari podpolkovnik N.N.Umarov – oʼz maʼruzasida korrupsiya – bu shaxsning oʼz mansab yoki xizmat mavqeyidan shaxsiy manfaatlarini yoxud oʼzga shaxslarning manfaatlarini koʼzlab, moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etishidir. Yaʼni mansabdor shaxsning oʼz vakolatidan foydalangan holda qonunni suisteʼmol qilishi, xizmat vakolatlaridan chetga chiqishi, tanish-bilishchilik, oshna-ogʼayinchilik, qarindosh-urugʼchilik asosida ish tashkil qilib, inson huquqlariga putur yetkazishi, ayniqsa, poraxoʼrlik, taʼmagirlik qilishi bilan jamiyatimiz uchun ijtimoiy xavfliligini va ayrim insonlarning qilmishlaridan misollar keltirdi. Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish – mamlakatimizda jadal surʼatlarda olib borilayotgan huquqiy islohotlar sharoitida har bir insonning huquq va erkinliklarini samarali himoya qilish hamda qonun ustuvorligini taʼminlash muhim ekanligini taʼkidlab oʼtdi.

Samarqand davlar chet tillar instituti

Shundan soʼng, Samarqand shahar Ruhobod masjidi imom xatibi T.Аmirov soʼzga chiqib, hammamizning oldimizda turgan yana bir muhim masala bu yoshlar oʼrtasida jinoyatchilikning oldini olish. Davra suhbatida qayd etilganidek, yoshlar oʼrtasida jinoyat sodir etish joriy yil mobaynida juda koʼp huquqbuzarliklar sodir etildi bu kabi huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida yurtimizda juda koʼp ishlar amalga oshirildi. Chunki, yoshlar bizning kelajagimiz. Shundan kelib chiqqan holda, yurtimiz yoshlari oʼrtasida turli xil illatlarning oldini olish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash maqsadida salmoqli ishlarni amalga oshirilganligini taʼkidladilar.
 
Share:
2020-07-28 15:20:00 104