Samarqand davlat chet tillar institutida institut rektori I.Tuxtasinov, o’quv ishlari bo’yicha prorektor F.Ro’ziqulov, kafedra mudirlari hamda dekan o’rinbosarlari ishtirokida uchrashuv bo’lib o’tdi.
— Viloyatdagi umumiy o’rta ta’lim maktablarida faoliyat ko’rsatayotgan o’qituvchilarning malakasini, tajribasini hamda metodikasini oshirishda ko’maklashamiz. Мaktab o’quvchilariga xorijiy tillarni o’rgatish borasida amaliy yordam berib, hamkorlikda ish olib boramiz, – deydi institut rektori Ilxomjon Tuxtasinov. — Shuningdek, maktablardagi turli xil fan o’qituvchilariga ham xorijiy tillarni o’rgatish uchun Samarqand davlat chet tillar institutida muddatli oylik kurslar tashkil etishni rejalashtirmoqdamiz. O’qituvchilar o’sha kurslarda ishtirok etib, xorijiy tillarni boshlang’ich darajadan o’rganishlari mumkin. Biz bu kurslarga xorijda malaka oshirib kelgan tajribali til mutaxassislarini jalb etamiz. Shuni ham alohida ta’kidlab o’tish joizki, turli xil davlat tashkilotlari xodimlarida xorijiy tillarni o’rganish ishtiyoqi bo’lsa, institutimizning rasmiy veb-saytiga kirib, bir nechta xorijiy tillarni boshlang’ich darajadan o’rgatuvchi videodarslar platformasidan (kompyuter va mobil versiyalari ham mavjud) bepul foydalanishlari mumkin.
Jumladan, uchrashuv davomida yuqoridagi masalalar yuzasidan institutda ishchi guruh shakllantiriladi va tizimli ishlarni samarali, bosqichma-bosqich amalga oshirish maqsadida yo’l xaritasi hamda matritsa ishlab chiqiladi. Lozim bo’lsa, ushbu jarayonga xorijlik mutaxassislar ham jalb etiladi.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch





