Joriy yilning 3-dekabr kuni “Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan Samarqand davlat chet tillar instituti talabalari bilan tibbiyot muassasalari xodimlari uchrashuv o’tkazishdi.
Uchrashuvda talabalarga nogironlarning muammolariga, xususan, ularning siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy hayotdagi ishtirokidan yuzaga keladigan afzallikka jamoatchilik e'tiborini jalb qilish, nogironlar qadri, huquqlari va farovonligini himoya qilish kabilar yuzasidan tushunchalar berib o’tildi.
Ma’lumot sifatida shuni aytib o’tish joizku, nosog’lom farzand tug’ilish xavfi qon-qarindoshlar qanchalik yaqin bo’lsa, shunchalik yuqori bo’ladi. Dono xalqimiz qarindoshlik yetti avlodga borib boshlanadi deyishdi.
Inson salomatligi ko’p jihatdan uning genotipi bilan belgilanadi. Genotip deganda inson organizmidagi bir-biri bilan o’zaro murakkab munosabatda bo’lgan genlarning yig’indisiga aytiladi.
Irsiy kasalliklar irsiy axborotlarni nasldan-naslga tashuvchi genlarning o’zgarishlari natijasida yuzaga keladi. Qarindoshlar o’rtasida nikohlarda ota-onalar sog’lom bo’lib ko’rinishi mumkin, biroq ularning farzandlari tug’ma irsiy kasallik bilan tug’ilishi xavfi yuqori bo’ladi.
Sha’riyat qonunlariga ko’ra qon-qarindoshlar o’rtasidagi nikoh ta’qiqlanganligiga qaramasdan, ko’pchilik aholi o’rtasida bu holat davom etib kelmoqda. Chaqaloqlarning kasallik bilan tug’ilayotgani, bolalarning o’lik tug’ilayotgani, ayollar va erkaklarning bepushtligi, 1 yoshgacha bo’lgan bolalar o’rtasidagi o’limlarning bir qismi irsiy omillar bilan bog’liq.
Orziqib kutilgan farzandning tug’ma nuqson bilan dunyoga kelishi ota-ona uchun katta fojiadir. Irsiy kasalliklarni davolash g’oyat murakkab bo’lgani bois, ular oila uchun ham, jamiyat uchun ham “Og’ir yuk” hisoblanadi.
Oilalarda irsiy kasalliklar bilan kasallangan bolalar tug’ilishi ehtimolini baholash, irsiy kasalliklarni homiladorlik davrida tashxislash, qon-qarindoshlar o’rtasidagi nikohlarga yo’l qo’ymaslik maqsadida respublikamiz bo’ylab Skrining markazlari tashkil qilingan va faoliyat ko’rsatmoqda.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch






