“Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʼgʼrisida”gi qonunda ayollarni jinsi boʼyicha bevosita va bilvosita kamsitishni taqiqlanishiga alohida urgʼu berildi. Mazkur qonun davlatimiz rahbarining 2019-yil 7-martdagi “Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qoʼllab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi qaroriga muvofiq ishlab chiqildi.
Ushbu qonunning maqsadi xotin-qizlarni turmushda, ish joylarida, taʼlim muassasalarida hamda boshqa joylarda tazyiqlar va zoʼravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishga qaratilgan. Ushbu sohadagi munosabatlarni tartibga solish, shuningdek, tazyiqlar va zoʼravonlikdan jabrlanganlarni huquqiy hamda ijtimoiy himoya qilish kafolatlarini taʼminlash ham qonunning muhim maqsadlaridan biri hisoblanadi.
Shu munosabatda 2020-yil 18-dekabr kuni soat 10:00da Samarqand davlat chet tillar instituti Roman-german tillari fakultetida hamda Ingliz tili-I fakultetida “Gender tengligi nima?” mavzusida davra suhbatlari tashkil etildi. Suhbat jarayonlarida Respublika axoli reproduktiv salomatlik markazi Samarqand filiali direktori U.Boborahimova, SamDCHTI "Ibn Sino markazi" raisi D.Alimjanova, Salomatlik maslahat markazi vrachi Y.Sattorova, fakultetlarning yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari U.Sattorov hamda M.Ergashev, shuningdek, “Pedagogika va psixologiya” kafedrasining 3 nafar professor-o‘qituvchilari va birinchi bosqich talabalari ishtirok etishdi.
"Ibn Sino markazi" raisi D.Alimjanova suhbat jarayonini ochib berish bilan bir qatorda yig‘ilganlarga tadbir qatnashchilarini tanishtirib o’tdi va davlatimiz rahbarining “Biz uchun gender tenglik siyosati ustuvor masalaga aylandi. Xotin-qizlarning davlat boshqaruvidagi o‘rni tobora kuchaymoqda. Yangi Parlamentimizda ayol deputatlar soni ikki barobarga ko‘paydi” deya so'zlagan jumlalarining mazmun-mohiyatini talabalarga tushuntirib o’tdi va so’nggi vaqtlarda mamlakatimizda xotin-qizlarning o‘z imkoniyatlarini to‘laqonli ro‘yobga chiqarishlari uchun barcha shart-sharoitlarni ta’minlash davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganligini ta’kidladi.
Jarayon savol-javobga boy tarzda o’tdi, talaba-yoshlar o’zlarini qiziqtirgan savollarga tashrif buyurgan mutaxassislardan atroflicha javoblarni olishdi.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch




