O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro maqom san’ati anjumanini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 2018 yil 6 apreldagi PQ-3656-son qaroriga asosan Shahrisabz shahrida 6-10 sentyabr kunlari o‘tkaziladigan “Xalqaro maqom san’ati anjumani”da Samarqand davlat chet tillar institutidan 5 nafar tajribali professor-o‘qituvchi hamda 45 nafar talaba ingliz, arab, frantsuz, nemis, italyan, ispan, koreys, yapon, xitoy tillaridan tarjimon-volontyor sifatida ishtirok etmoqda.
Tarjimon-volontyorlar uchun O‘zbekiston Respublikasining dunyo hamjamiyatida tutgan o‘rni, mustaqillik yillarida iqtisodiy-ijtimoiy sohalarda amalga oshirilayotgan ulkan islohotlar, qurilish-obodonchilik ishlari, Samarqand va Shahrisabz shaharlari tarixi va tarixiy obidalari haqida seminar-treninglar tashkil etildi.
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch



