Samarqand davlat chet tillar instituti, Samarqand shahar va Past Darg’om tumani xalq ta’limi bo’limlarining qo’shma Dasturi doirasida uchrashuvlar, seminar–treninglar hamda mahorat darslarining tashkil etilishi davom etmoqda.

Joriy yilning 15-yanvar kuni Samarqand shahridagi “KITOB OLAMI”da institutning Ingliz tili-II fakulteti Samarqand shahar va Past Darg’om tumani xalq ta’limi bo’limiga qarashli umumta’lim maktablarida faoliyat ko’rsatayotgan ingliz tili o’qituvchilari ishtirokida “Chet tillarni o’qitishda zamonaviy yondashuvlar”, “Chet tillarni o’rgatishda madaniyatlararo muloqot kompetensiyalarini shakllantirishning ahamiyati” va shu kabi mavzularda seminar-treninglar hamda mahorat darslari tashkil etildi.

Shuningdek, uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi, Prezidentimizning 2020-yil 6-noyabrdagi PF-6108-sonli "O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida taʼlim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoni hamda 2020-yil 6-noyabrdagi “Taʼlim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-4884-sonli qarori mazmun mohiyati atroflicha tushuntirib berildi.

Seminar-trening jonli muloqot va qiziqarli savol-javoblarga boy tarzda bo’lib o’tdi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

___________

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2021-01-15 19:30:00 110