Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasi mazmun-mohiyati va unda ilgari surilgan tashabbuslarni xalqimizga yetkazish maqsadida tadbir o‘tkazildi.
Unda markaz jamoasi, Hadis ilmi maktabi o‘qituvchi va talabalari hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi malaka oshirish markazi Samarqand mintaqaviy filiali tinglovchilari ishtirok etdi.
Tadbirni Markaz direktori Sh.Ziyodov kirish soʼzi bilan ochib, mehmonlarga dastlab ushbu ilm maskanining tashkil etilishi, maqsad va vazifalari, xalqaro hamkorlik va ilmiy-tadqiqot yoʼnalishida amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berib oʼtdi.
Shundan so’ng O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori Ibrohim Yo‘ldoshev va Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilxomjon Tuxtasinov so‘nggi yillarda yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, fan-ta’lim, madaniyat, tibbiyot sohalarini rivojlantirish, iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida so‘z yuritdi. Ushbu yo‘nalishlarda erishilayotgan yutuqlar hayotiy misollar bilan tushuntirildi. Shuningdek, Prezidentimizning Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasi ham ushbu ezgu sa’y-harakatlarning mantiqiy davomi bo‘lgani, unda ilgari surilgan taklif va tashabbuslar yurtimiz taraqqiyotiga xizmat qilishi e’tirof etildi.
Ana shunday targ’ibot tadbirlaridan biri Samarqand viloyati Jomboy tumanida ham bo’lib o’tdi. Unda targ’ibot guruhi a’zolari hamda Samarqand davlat chet tillar instituti jamoasi ham ishtirok etdi.
– Prezidentimiz Murojaatnomasidan ilhom olib, tumanimizda ham qator xayrli ishlarni boshlash niyatidamiz, – dedi Jomboy tuman hokimi. – O‘g‘il-qizlarimizni yanada qo‘llab-quvvatlash, aholimizni ijtimoiy himoya qilish, xalqimiz roziligiga erishish yo‘lida bundan buyon ham dadil qadamlar tashlaymiz. Tuman markazida zamonaviy axborot-kutubxona markazi tashkil qilish, san’at, adabiyot, sport sohalarida iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ishsiz yoshlarni yangi yo‘nalishlardagi tadbirkorlik sohalariga jalb etish, ularni kasb-hunarga o‘qitish asosiy rejalarimizdan sanaladi.
Darhaqiqat, bu yilgi Murojaatnomada yoshlar, xotin-qizlar masalasiga ayniqsa, alohida e’tibor qaratildi. Kelajak avlodni sog‘lom, ma’nan barkamol etib tarbiya qilish, fuqarolar turmushini yaxshilash, shu orqali aholi roziligiga erishish mamlakatimiz siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan sanaladi. Prezidentimiz tashabbusi bilan 2021 yilga “YOshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb nom berilishi bejiz emas. O‘zbekiston demografik nuqtai nazardan yosh mamlakat ekani, aholining 65 foizini yoshlar tashkil qilishini hisobga olsak, bu puxta o‘ylangan tashabbus ekaniga amin bo‘lamiz.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch








