Samarqand davlat chet tillar institutining Ingliz tili-II fakulteti rahbariyati vakillari talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalari bilan uchrashuv o’tkazdi.
Uchrashuv davomida fakultet dekani O.Yusupov talabalarga o’quv jarayonlarida muntazam ishtirok etish lozimligi, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol bo’lish, ilmiy-amaliy konferensiyalar hamda turli xil respublika va xalqaro tanlovlarda qatnashish kerakligi, shuningdek, talabalar turar joyida istiqomat qilishning tartib-qoidalari to’g’risida batafsil so’z yuritdi.
Jumladan, uchrashuv davomida talabalarning taklif hamda mulohazalari tinglandi. Jarayon qizg’in savol-javoblarga boy tarzda yakunlandi.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch






