Joriy yilning 26-yanvar kunida Samarqand davlat chet tillar institutida rahbariyat vakillari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, bo’lim boshliqlari hamda professor-o’qituvchilar ishtirokida yig’ilish bo’lib o’tdi.
Unda quyidagi masalalar ko’rib chiqildi:
- Prezident farmon va qarorlari ijrosining ta’minlanishi hamda hokimliklar bilan hamkorlikda yangi loyihalarni ishlab chiqish;
- O’quv jarayonlarining davom etishi, dars mashg’ulotlarining o’tilishi, kuzgi semestr bo’yicha jarayon hamda davomat;
- Institut binolarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan qurilish-ta’mirlash ishlariga tayyorgarlik ko’rish;
- Ilm-fan va innovatsiyalar bo’yicha loyihalar sonini ko’paytirish hamda ilmiy salohiyatni ko’tarish;
- Institut talabalari uchun yangidan yangi grantlar hamda stipendiyalarni tashkil etish;
- Institutda faoliyat ko’rsatayotgan professor-o’qituvchilar hamda talabalarning kiyinish madaniyatiga rioya etishi va karantin qoidalariga to’liq amal qilish;
- Samarqand davlat chet tillar institutining akademik litseyi faoliyatini yanada takomillashtirish;
- Ustama haqlarini to’lab berishda kafedralar uchun reyting asosida ustamalar belgilash kabi masalalar muhoka etildi.
SamDCHTI Axborot xizmati
Share:
2021-01-26 20:00:00
103
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch










