Joriy yilning 28-yanvar sanasida Samarqand davlat chet tillar institutida 6-sonli ilmiy Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi va unda quyidagi masalalar ko‘rildi:

— O‘zR Prezidenti Qarorlari, Vazirlar Mahkamasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Hay’at yig‘ilishi qarorlari va buyruqlari, institut Kengashi qarorlarining bajarilishi;

— Ilmiy darajaga va unvonga erishgan professor-o’qituvchilarni munosib rag’batlantirish;

— O’zRning 2014-yil 4-dekabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida”gi Qonuniga asosan murojaatlar bilan ishlashning ahvoli;

— Tashkil etilgan maxsus kurslarni o‘qitishning sifati va samaradorligini oshirish;

— Institutda ustoz va murabbiylar faoliyati;

— Chop etilayotgan ilmiy va o’quv-uslubiy nashrlarning sifati hamda ushbu sohani takomillashtirish borasidagi ishlar;

Shuningdek, ilmiy unvon hamda ilmiy darajaga erishgan tadqiqotchi professor-o‘qituvchilar kompyuter hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.

Ilmiy unvon olganlar

  1. Roman-german tillari fakulteti dekani B.Primov
  2. “Fransuz tili va adabiyoti” kafedrasi mudiri U.Qarshiboyeva
  3. “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi mudiri F.Xalimova
  4. “Ingliz tili nazariy aspektlari” kafedrasi o’qituvchisi N.Sulaymanova

Ilmiy daraja olganlar

  1. “O’zbek tili va adabiyoti” kafedrasi o’qituvchisi Z.Xurramova
  2. “O’zbek tili va adabiyoti” kafedrasi o’qituvchisi  H.Aslanova

Shu bilan bir qatorda S.Erkinov “Ingliz tili nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi mudiri, M.Melikova “Gumanitar fanlar va axborot texnologiyalari” kafedrasi mudiri etib, ovoz berish yo’li bilan saylandi.

Jumladan, O’zR Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan SamDCHTIda ko’p yillik samarali va halol mehnati hamda o’z xizmat vazifasiga bo’lgan sadoqati uchun “O’zbek tili va adabiyoti” kafedrasi mudiri X.Xayrullayev va yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i Sh.Suyunovlar faxriy yorliqlar hamda qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlanishdi.

Samarqand davlar chet tillar instituti Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2021-01-28 20:55:00 103