Samarqand viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Xurshid Ochilov talabalarning yashash tarzi, ular uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Samarqand davlat chet tillar institutida bugungi kunda 7741 nafar talaba tahsil oladi. Ayni paytda institutda 4 qavatli 625 o‘ringa ega yotoqxona mavjud bo‘lib, 10 ta (30 ta o‘rin) xorijiy davlatdan kelib ishlayotgan professor-o‘qituvchilar va ta’lim olayotgan talabalar uchun mehmonxona ko‘rinishida faoliyat olib boradi. Har bir qavatda 2 ta hojatxona, 2 ta yuvinish xonasi, 2 ta darsxona, 3 ta dam olish xonasi, 3 ta oshxona mavjud.

Ayni paytda talabalarning yotoqxonaga ehtiyoji 3543 tani tashkil etib, shulardan 550 nafari joy bilan ta’minlangan. Shuningdek, institut qoshidagi litsey talabalaridan 50 nafari ham shu yotoqxonada joy bilan ta’minlangan. Bugungi kunda talabalarning yotoqxona bilan ta’minlanish darajasi 10 % ni tashkil etadi. 

Talabalar yotoqxonasida barcha qulayliklar yaratilgan bo‘lib, har kuni besh tashabbus doirasida turli  to‘garaklar faoliyat olib boradi.

Institut qabul jarayonining yildan yilga ko‘payishini hisobga oladigan bo‘lsak, kelgusi 3 yilda talabalar soni 10 000 nafardan oshib ketishi va bu jarayon talabalarning yotoqxonaga bo‘lgan ehtiyojini yanada oshishiga olib keladi. Kelajakda institut uchun kamida 4000 kishilik talabalar turar joyi zarur bo‘ladi.

Viloyat hokimi o‘rinbosari bu boradagi masalalarni hal etish yuzasidan institut rahbariyati vakillari bilan kelishgan holda birgalikda kelgusida amalga oshirilajak vazifalarni belgilab olishdi.

Samarqand davlar chet tillar instituti Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2021-01-28 22:10:00 95