Institutda ta’lim sifatini oshirish va institut reytingini ko‘tarish maqsadida o‘quv jarayoniga xorijlik mutaxassislar jalb etilgan. Samarqand davlat chet tillar instituti chet tili mutaxassislarini tayyorlash bo‘yicha mintaqada yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri hisoblanadi.
Samarqand davlat chet tillar institutida AQSH, Fransiya, Ispaniya, Xitoy Xalq Respublikasi, Misr Arab Respublikasi, Finlandiya va Indoneziyadan tashrif buyurgan 30 dan ortiq malakali mutaxassislar faoliyat ko’rsatib kelmoqda.
2021-yilning 2-fevral kuni SamDCHTI rektori Ilxomjon Tuxtasinov institutda 6 yildan buyon faoliyat ko‘rsatib kelayotgan xitoylik mutaxassis janob Peng Xinge bilan uchrashuv o‘tkazdi va institutda fidoiylik bilan qilgan mehnatlari uchun institut jamoasi nomidan minnatdorchilik bildirdi hamda esdalik sovg’alar bilan taqdirladi.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch





