Germaniyaning Lambert nashriyoti taklifiga ko’ra Samarqand davlat chet tillar institutining ilmiy tadqiqotchisi Rustamova Adash Eshanqulovnaning “The Main Concepts of Teaching English Pronunciation in Kindergartens” nomli monografiyasi ingliz, rus, nemis, ispan, fransuz, portugal, italyan, polyak kabi tillarga tarjima qilinib, nashr etildi.
Hozirda ushbu monografiya dunyo bo’ylab sotuvga qo’yildi. Tadqiqotchi ayni damda “Maktabgacha yoshdagi bolalarda chet tilini o’qitishda talaffuzni shakllantirish va rivojlantirish” mavzusida ilmiy tadqiqot ishini olib bormoqda.
Monografiyada dunyo davlatlari va O’zbekistonda maktabgacha ta’limda chet tilini o’qitishda talaffuzni shakllantirish va rivojlantirishning zamonaviy usullari va vositalari xususida keng hamda aniq ma’lumotlar berilib, taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch

