Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi tomonidan siyosiy partiyalar va ommaviy axborot vositalari vakillari hamda mahalliy kengash deputatlari uchun onlayn oʼquv kursi boshlanganligi haqida avvalgi xabarlarimizda ham ma’lum qilgan edik. Hozirda o’quv kurslari an’anaviy hamda onlayn tarzda davom ettirilmoqda.
Jarayon davomida saylov kampaniyasi strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish, shuningdek, saylov tizimi va prinsiplari, saylov kodeksiga kiritilgan o’zgarish hamda qo’shimchalarning mazmun-mohiyati hamda siyosiy partiyalar imijini shakllantirish va siyosiy partiyalarning OАV bilan samarali muloqotga kirishish koʼnikmalarini yanada shakllantirish, saylov jarayonini OAVlari orqali yoritishning o’ziga xos xususiyatlari kabi mavzular yuzasidan fikr-mulohazalar almashinildi.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch




