22 sentabr kuni Samarqand davlat chet tillar institutiga Moskva lingvistika universiteti rektori professor, Irina A. Kraeva boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Mehmonlar bilan institut rektori I.Tuxtasinov, o’quv ishlari bo’yicha prorektori F. Ruziqulov, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor Sh. Ashurov, professori Sh.Safarov hamda institut xalqaro aloqalar bo’limi boshligi O.Yusupovlar ishtirokida uchrashuv tashkil qilindi.

Uchrashuvda rektor I.Tuxtasinov mehmonlarga institut faoliyati haqida ma’lumot berdi. Samarqand davlat chet tillar instituti va Moskva lingvistika universiteti o’rtasida tuzilgan Memorandum doirasida fan, ta’lim va ilmiy-tadqiqot sohasida hamkorlikni mustahkamlash, o’quv-metodik tajriba va ma’lumotlar almashish, professor-o’qituvchilar almashinuvi, hamkorlikda seminar-treninglar, qo’shma anjumanlar tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Muhokamalar jarayonida institutda Moskva lingvistika universiteti bilan hamkorlikda bakalavr ta’lim yo’nalishi, magistratura mutaxassisliklarida qo’shma fakultet tashkil etish, doktorantura ixtisosligida ilmiy rahbarlarni jalb qilish, hamkorlikda ilmiy ekspertlar guruhini shakllantirish masalalari yuzasidan bir qator kelishuvlarga erishildi.

Rasmiy uchrashuvdan so’ng delegatsiya a’zolari bilan SamDChTI ilmiy tadqiqotchilari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Share:
2018-09-22 15:25:00 89