Bugungi kunda xorijiy tillarni o’qitish, til bilish darajasini beruvchi testlarga tayyorlash va testlarni tashkil etishga talab ortib bormoqda. Bundan kelib chiqib SamDCHTIda xorijiy tillarni o’qitishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Jumladan, 2021-yilning 24-aprel kuni SamDCHTIda NNT Toshkent Fransuz Alyansi va SamDCHTI o’rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Hamkorlik memorandumi doirasida shu kunning o’zida Samarqandda birinchi marta DALF-DELF testlari boshlandi. Testlar 24/25 aprel kunlari institutning roman-german tillari fakulteti bonosida o’tkaziladi.
Shuningdek, kelgusida SamDCHTIda Toshkent Fransuz Alyansining markazini tashkil etish borasida rejalar belgilab olindi. Markazda fransuz tilini o’rgatish bo’yicha hamda DALF-DELF testlariga tayyorlash bo’yicha kurslari tashkil etiladi. Tomonlar yaqin kelajakda ushbu rejani amalga oshirishga kelishib olishdi.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch






