Jamiyatning buguni va kelajagi, uning madaniy-ma'rifiy va ma'naviy salohiyati ta'lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Ta'lim-tarbiya tizimidagi islohotlarning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan o‘qituvchi va murabbiylarga bog‘liq. 24-sentabrda institutimizda professor M.Xolbekov shogirdlari, fan doktorlari va boshqa ilmiy tadqiqotchilar bilan ilmiy uchrashuv o‘tkazdi. Jumladan, professor M.Xolbekov o‘zining tarjimonlik sohasida erishgan ilmiy tajribalarini shogirdlari va endigina bu zahmatli kasbga qadam qo‘yayotgan yosh olimlar bilan o‘rtoqlashdi.
Dastlabki so‘zni ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Sh.Ashurov boshlab berdi. Ilmiy uchrashuv ishtirokchilaridan biri filologiya fanlar nomzodi O‘.Usmonov tilshunoslik sohasi ildam qadamlar ila rivojlanayotganligi, shu qatorda tarjimashunoslikka ham e’tibor kuchayayotganligi, shuningdek, M.Xolbekov ilmiy tadqiqotlari va tarjimalari bilan nafaqat respublikada balki xalqaro doirada ham tanilganligi to‘g‘risida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Ijodkor yoshlarni izlab topishda va ularni ilmga chanqoqlikka o‘rgatishda, ko‘plab respublika, xalqaro ilmiy konferensiyalarni tashkil qilishda tashabbus ko‘rsatmoqda, shu bilan bir qatorda “Shalola” to‘garagi a’zolariga ham tarjimashunoslikka e’tibor qaratishi joizligini aytadilar” — deydi, yozuvchilar uyushmasi vakili T.Tugalov.
Uchrashuv yakunida shogirdlaridan U.Qarshiboyeva, D.Babayeva, D.Xoshimovalar interviyu berishdi.
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch





