Samarqand davlar chet tillar instituti

Xitoy Xalq Respublikasining O’zbekistondagi elchixonasi, Shanxay xorijiy tillar universiteti hamda Xitoy xalqaro ta’lim Fondi tomonidan O’zbekistonda, jumladan, Samarqand davlat chet tillar institutida xitoy tili va madaniyatini o’qitish uchun alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shuningdek, institut qoshidagi Konfutsiy Instituti faoliyatini rivojlantirish va qo’llab-quvvatlash maqsadida har yili ma’lum miqdorda investitsiya kiritilib kelinadi.

2017-yilda 190 966 146 so’m qiymatga ega bo’lgan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan jihozlangan “Smart Classroom” (Intellektual sinf) o’quv xonasi tashkil etildi.

2018-yilda 213 055 000 so’m qiymatga teng xuddi shunday imkoniyatlari mavjud “Sinxron tarjima” xonasi tashkil etildi.

2019-yilda 103 530 000 so’m beg’araz yordam olindi va Samarqand davlat chet tillar instituti faollar zali zomanaviy tarzda jihozlandi.

Joriy yil boshida ham Samarqand davlat chet tillar instituti va institut qoshidagi Konfutsiy Institutiga Xitoy Xalq Respublikasining O’zbekistondagi elchixonasi tomonidan 15 000 AQSH dollari miqdoridagi AKT vositalari beg’araz yordam sifatida yuborildi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2021-05-21 14:45:00 120