“Bir ziyoli - bir mahallaga ma’naviy homiy” tamoyili asosida Payariq tuman xokimligi, Samarqand viloyat Payariq  tuman Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, tuman Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi hamda Samarqand chet tillar instituti hamkorligida Payariq tuman 28-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi faollar zalida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv bo’lib o’tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2021-yil 19-yanvar kuni ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarning hamkorligini kuchaytirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida ta’kidlangan “Bir ziyoli - bir mahallaga ma’naviy homiy” tamoyili asosida mahalla fuqarolari yig‘inlari a’zolari, jumladan, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da turgan fuqarolar bilan ochiq muloqot tarzida suhbat takshil etildi. 

Jumladan, Samarqand davlat chet tillar instituti o‘qituvchisi B.Odinayev so‘zga chiqib, “Bir ziyoli - bir mahallaga ma’naviy homiy” tamoyilining mazmun-mohiyatini ishtirokchilarga yetkazdi. Tumandagi yoshlarni  har tomonlama qo‘llab-quvvatlash uchun xorijiy tillarni o‘rgatish markazlarini institut bilan hamkorlikda tashkil etish, mahallalarda ingliz tili markazlarini tashkil etish bo‘yicha mahalla raislari bilan doimiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalasida fikr bildirdi.

Payariq tumanidagi mahallalarda istiqomat qilayotgan kam ta’minlangan oilalar farzandlarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishda til o‘rgatish masalasi, ularning ish bilan bandligi, “Yoshlar daftari”da turgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash har bir rahbarning jamiyat oldidagi mas’uliyati ekanligi borasida qisqacha so‘z yuritildi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2021-05-28 21:20:00 109