Bugun, 2-iyun kuni Samarqand davlat chet tillar institutida korrupsiyaning oldini olishga bag’ishlangan yig’ilish o’tkazildi. Unda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari hamda institutda faoliyat ko’rsatayotgan professor-o’qituvchilar ishtirok etdi.
Jumladan, Qarshi davlat universiteti, Namangan davlat universiteti, Samarqand davlat universiteti, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, Samarqand davlat tibbiyot instituti, Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti, Andijon davlat tibbiyot instituti, Farg’ona davlat universitetlariga korrupsion yo’l bilan o’qishga kiritib qo’yish bilan bog’liq holatlar to’g’risida so’zlab o’tildi yig’ilish doirasida.
Shuningdek, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasizlik tuyg‘usini shakllantirish, davlat va jamiyat hayotining barcha sohasida mazkur illatga qarshi kurashish lozimligi, korrupsiya mamlakat taraqqiyotiga jiddiy to‘siq bo‘lib, sohalar yuksalishiga bevosita tahdid solayotganligi borasida tushuncha va ko’rsatmalar berildi.
Fakultet va akademik guruhlarda, doimiy ravishda professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar o‘rtasida korrpsiyaga qarshi kurashish mavzusida davra suhbatlari o‘tkazilib borilishiga hamda “Ta’limda ta’magirlik” mavzusida tadbirlar “Murabbiylik” va “Axborot soatlari” muntazam ravishda tashkil etilishi alohida ta’kidlandi.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch





