Bugun, 3-iyun kuni Samarqand viloyatidagi oliy ta'lim muassasalarida tahsil oluvchi talaba-yoshlar o'rtasida "Zakovat" intellektual o'yini bo'lib o'tdi. Unda viloyatdagi barcha oliygohlarning 10 dan ortiq jamoalari ishtirok etdi.
Natijalarga ko'ra,
1-o'rinni Samarqand davlat chet tillar institutining "Irfon" jamoasi,
2-o'rinni Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining "Bunyodkor" jamoasi
3-o'rinni Samarqand davlat universitetining "Turon" jamoasi egalladi.
Shuningdek, bugungi o'tkazilgan hududiy viloyat bosqichida, ya'ni ikkinchi bosqichda g'olib bo'lgan, xususan, 1-o'rinni egallagan jamoa respublika miqiyosida o'tkaziladigan uchinchi final bosqichda ishtirok etadi. G'olib bo'lgan "Irfon" jamoasi respublika bosqichida ishtirok etish uchun hozirdanoq tayyorgarlik ko'rib yuborgan bo'lsa ajab emas.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch







