2021/2022 o‘quv yili uchun Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyi umumiy o'rta ta’lim maktablarining 9-sinf iqtidorli o‘quvchilarini quyidagi yo‘nalishlar bo'yicha tanlov asosida o‘qishga qabul qiladi.
— Xorijiy tillar o‘zbek guruhi (ingliz, nemis, fransuz tillari);
— Xorijiy tillar rus guruhi (ingliz tili);
— Sharq tillari (koreys, yapon, xitoy, arab tillari);
Qabul jarayonlari davomida ota-onalar hamda hujjat topshiruvchi o’quvchilarga yengillik hamda sharoit yaratish maqsadida akademik litseyda “Maslahatlar markazi”, “Call-markaz” aloqalar bo’limi, kutish joylari tashkil etildi. Hozirda qabul jarayonlari davom etmoqda.
“Call-markaz” aloqalar bo’limi telefon raqamlari
Ushbu raqamlar orqali Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyi haqida batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch





