Samarqand davlat chet tillar instituti hamda Samarqand shahrida joylashgan “Orzu” mahallasi bilan hamkorlik aloqalari o’rnatilib, mahalla aholisining ijtimoiy holati o’rganildi va mahalla faollari bilan o’zaro hamkorlikda amalga oshirilishi zarur bo’lgan ishlar belgilab olindi.

Mahallada istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari, shuningdek, sportga, bilim olishga qiziqishi bo’lgan yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish maqsadida mahallada turli xil sport musobaqalari va til kurslari tashkil etildi.

Jumladan, institutning tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti jamoasi tomonidan “Orzu” mahallasi yoshlari uchun besh muhim tashabbus doirasida sportning “Shaxmat”, “Shashka” va “Stol tennis” turlari bo’yicha sport musobaqalari tashkil etildi. Ushbu musobaqalarda faol ishtirok etgan mahalla yoshlari qimmatbaho sovg’alar hamda faxriy yorliqlar bilan taqdirlanishdi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2021-06-30 17:45:00 118