Hashar — xalqimizning qadimiy va asl qadriyatlaridan. Uning zamirida obodlik, hamjihatlik, mehr-oqibat, xayr-saxovat, bunyodkorlik mujassam.
Mamlakatimizning barcha hududlari, qishloqlar, mahallalar, tashkilot va muassasalarda bo‘lgani kabi Samarqand davlat chet tillar institutida ham xayriya hashari ko‘tarinki ruhda tashkil etilmoqda.
Xususan, institut professor-o‘qituvchilari hamda talabalari o‘zlariga biriktirilgan joylar ya’ni, viloyat yoshlar istirohat bo‘g‘ri, institut hovlisidagi ochiq maydonlar, o‘quv binolari, kutubxonalar va talabalar turar joylarida ishtiyoq bilan hashar tadbirlari olib borilmoqda.
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
