Samarqand davlat chet tillar instituti Kengashining 1-sonli yig’ilishi 2021-yilning 26-avgust kunida bo’lib o’tdi. Unda quyidagi masalalar muhokama qilindi:
— O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Hay’at yig‘ilishi qarorlari va buyruqlari hamda institut Kengashi qarorlarining bajarilishi, shu asosida institut vazifalari;
— O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori asosida tashkiliy-amaliy, madaniy-ma’rifiy tadbirlarning institutda amalga oshirilishi;
— 2021/2022 o‘quv yili uchun o‘quv jarayonini tashkil etish borasidagi ishlar;
— 2021/2022 o‘quv yilida xorijlik malakali mutaxassislarni o‘quv jarayoniga jalb qilish;
— 2021/2022 o‘quv yili uchun o‘quv jarayoni grafigiga o‘zgartirish kiritish;
— 2021/2022 o‘quv yili uchun 1-kurs bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari hamda magistratura mutaxassisliklarining o‘quv reja va dasturlarini tasdiqlash to‘g‘risida;
— Institut professor-o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarni nashrga tavsiya etish;
— 2021/2022 o‘quv yili uchun institutning umumiy ish rejasi, institut kengashi ish rejasi hamda bo‘limlarning rejalarini tasdiqlash;
— SamDChTI tuzilmasida amalga oshirilgan o‘zgarishlar;
— Institutda xodimlarning COVID-19’ga qarshi emlanish jarayonining borishi;
— Umumxalq xayriya hashari kuni munosabati bilan institutda amalga oshirilgan ishlar;
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch








