Joriy yilning 4-oktabr kuni Rossiya Federatsiyasining Syktyvkar davlat universiteti millatlararo hamkorlik Markazi direktori Maltseva Valentina Aleksandrovna hamda Ulyanovsk davlat pedagogika universiteti xalqaro ta'lim Markazi direktori Zulfiya Gelmanovna Bashirovalar ishtirokidagi delegatsiya Samarqand davlat chet tillar institutiga tashrif buyurishdi hamda institut rektori Ilhomjon To’xtasinov bilan rasmiy uchrashuv o’tkazishdi.

Tashkil etilgan rasmiy uchrashuvda kelgusida hamkorlik aloqalarini mustahkam davom ettirish, professor-o’qituvchilar hamda talabalar almashinuvini yo’lga qo’yish, shuningdek, ularning tajribasini oshirish, hamkorlikda o’quv adabiyotlari hamda darsliklar yaratish kabi yo'nalishlarda hamkorlik olib borish muhokama qilindi.

Uchrashuv doirasida yuqoridagi yo’nalishlarda hamkorlik aloqalarini davom ettirish maqsadida o'zaro hamkorlik Memorandumi imzolandi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2021-10-07 17:30:00 119