Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Yoshlarning intellektual va ijodiy salohiyatini rivojlantirish, iqtidorli bolalarni qo’llab-quvvatlash va rag’batlantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, ularning huquqiy ong va madaniyatini yuksaltirish xalq ta’limi sohasidagi davlat siyosatining eng muhim yo’nalishlaridan biri hisoblanadi.

Shuning uchun ham iqtidorli bolalarni aniqlash, ularning intellektual, ilmiy, ijodiy salohiyatini yuksaltirish hamda ularni ta’lim standardlariga mos ravishda, zamonaviy texnologiyalar asosida o’qitish maqsadida Prezident maktablari tashkil etilganligi barchamizga ma’lum.

Bugun 18-oktabr — Samarqand shahri kuni doirasida o’tkazilgan madaniy-ma’rifiy tadbirlar bilan bir qatorda Samarqand shahrida yangi qurilgan Prezident maktabining ham ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

Marosimni Samarqand viloyati hokimi o’z nutqi bilan ochib berib, yosh kadrlarning o’qishlariga ulkan muvaffaqiyat tiladi. Bundan tashqari, barcha so’zga chiqqanlar O’zbekiston kelajagi hisoblanmish bolajonlarning kelgusida yurt ravnaqi yo’lida munosib hissalarini qo’shishiga ishonch bildirishdi. Jarayon davomida tashrif buyuruvchilar maktabda o’quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

 

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2021-10-18 18:15:00 128