Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan joriy yilning 18-oktabr kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning mamlakatimizga davlat tashrifi doirasida ko‘plab muhim anjumanlar, forum va tadbirlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. 

18-oktabr kuni "Yangi kadrlar – yangi iqtisodiyot uchun" nomi ostida o‘tkaziladigan O‘zbekiston-Rossiya ta’lim forumi Respublikamiz poytaxti Toshkent shahrida boshlandi.

Mazkur yirik forumda Respublikamizning barcha oily ta’lim muassasalari rahbarlari qatorida Rossiyaning 80 dan ortiq nufuzli oliy ta’lim muassasalari rektorlari ham ishtirok etmoqdalar. Bunda yurtimiz oliy ta’lim dargohlari rahbarlari va Rossiyaning eng nufuzli oliy ta’lim maskanlari rektorlari hamkorligida ko‘plab shartnoma va kelishuvlar imzolanishi ko‘zda tutildi. 

O‘zbekiston-Rossiya ta’lim forumi yakunlari bo‘yicha O‘zbekistonda Rossiyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalari filiallarini tashkil etish, birgalikda ilmiy va innovatsion forum hamda qo‘shma tadbirlarni o‘tkazish, ilmiy-tadqiqot bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, Samarqand davlat chet tillar instituti Rossiyaning Varonej davlat universiteti bilan hamkorlik shartnomasini tuzishni ham rejalashtirdi.

Share:
2018-10-18 14:35:00 79