Samarqand davlat chet tillar institutida joylashgan 67-saylov uchastkasida ovoz berish jarayonlari davom etmoqda. Saylov jarayonlarini kuzatish uchun xorijning turli davlatlaridan xalqaro kuzatuvchilar tashrif buyurishib, ovoz berish jarayonlari, saylov uchastkasida yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishishmoqda.

Shuningdek, bugungi saylovda ovoz berish jarayonlarini kuzatish maqsadida Latviya Raspublikasidagi Latviya universitetining akademik kutubxona direktori Kokere Venta xonim ham keldi va jarayon davomida Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilhomjon To’xtasinov bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

Uchrashuv davomida xalqaro hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yish va hamkorlikda qo’shma ta’lim dasturlarini yo’lga qo’yish, professor-o’qituvchilar va talabalar almashinuvini yo’lga qo’yish borasida takliflar almashinildi, shuningdek, ushbu takliflarni amalga oshirish uchun kelgusida hamkorlik Memorandumini imzolashga kelishildi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

 “Intellekt” gazetasi

Share:
2021-10-24 14:30:00 120