Samarqand davlat chet tillar instituti bitiruvchilarning bandligini taminlash maqsadida Germaniyaning "Simson Private Academy" agentligi bilan hamkorlik aloqalari yo’lga qo’yildi.

Shuningdek, ushbu masala kecha, 28-oktabr kuni Samarqand davlat chet tillar institutiga tashrif buyurgan "Simson Private Academy" agentligining ta'sischisi Max Reumschussel bilan institut rahbariyati o'rtasida batafsil muhokama qilindi.

Hamkorlik maqsadiga ko'ra nemis tilidan kamida B1 darajaga ega bo'lgan bitiruvchilar Germaniya firmalarida turli sohalar bo'yicha dastlab 6 oy davomida stajirovka qilishadi. Dual ta'lim sifatida bitiruvchilar bir vaqtning o'zida kasb o'rganishadi va nemis tilini mukammal egallaydi. Bu esa bitiruvchilarning kelajakda xalqaro standartlar bo'yicha kasb egallashlariga imkoniyat yaratadi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2021-10-29 09:05:00 124