“Adabiyot – xalqning yuragi, elning ma’naviyatini ko‘rsatadi. Bugungi murakkab zamonda odamlar qalbiga yo‘l topish, ularni ezgu maqsadlarga ilhomlantirishda adabiyotning ta’sirchan kuchidan foydalanish kerak. Ajdodlar merosini o‘rganish, buyuk madaniyatimizga munosib buyuk adabiyot yaratish uchun hamma sharoitlarni yaratamiz”. (Shavkat Mirziyoyev)
Talaba-yoshlar o‘rtasida atoqli adiblar va mutaffakirlarimiz ijodiy merosini keng targ‘ib qilish, ularning adabiyotga qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida respublika miqiyosida “Ma’rifat maydoni” ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tmoqda. Bu tanlov 4 bosqichdan iborat.
Birinchi bosqichda oliy ta’lim muassasasi ichki tanlov asosida o‘z jamoasini shakllantiradi. Ikkinchi bosqich esa viloyat, keyingisida hududiy viloyatlar oliy o‘quv yurtlari orasida bo‘lib, final uchun bellashadilar.
Nizomga asosan, Samarqand oliy o‘quv yurtlari miqiyosida “Ma’rifat maydoni” ko‘rik tanlovi o‘tkazilib, adiblar hayoti, tezkor savol-javob, mutaffakirlar ijodidan teatrlashtirilgan kompozitsiya shartlari asosida jamoalar o‘z mahoratlarini namoyish qildi.
Tanlov natijalariga ko‘ra hakamlar hay’ati tomonidan:
1-o‘rin Samarqand davlat universiteti jamoasiga,
2-o‘rin Samarqand davlat chet tillar instituti jamoasiga,
3-o‘rin Samarqand iqtisodiyot va servis institutiga nasib etdi.
Tadbir so‘ngida g‘olib jamoalar sertifikatlar bilan taqdirlandi.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch





