Samarqand davlat chet tillar institutida ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, xotin-qizlarda ma’naviy dunyoqarashni va immunitetni shakllantirish, shuningdek, ularning hayotida uchraydigan har hil tahdidlardan himoya qilishga bag’ishlangan davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari, yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i, institut xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi raisi, institut psixologi hamda talaba-qizlar ishtirok etdilar.
Jarayon davomida “Ayollarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi siyosat”, “Oliy ta’lim muassasasida talaba qizlarning hayot tarzi”, "Himoya orderi", “Talaba-qizlarda kuzatilishi lozim bo’lgan etik, estetik va ma’naviy hislatlar” kabi mavzularda fikr-mulohazalar almashinildi. Suhbat davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch










