Bugun, 12-noyabr kuni Samarqand davlat chet tillar instituti talabalari hamda Samarqand viloyat IIB YHXB ma'muriy amaliyot bo'limi boshlig'i kapitan SH.Ernazarov hamda Matbuot xizmati boshlig'i katta zerjant X.Safarovlar ishtirokida “Yo’l transport hodisalarining oldini olish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Mutasaddilar suhbat davomida yo’l harakati qoidalari, yo’lni kesib o’tishda belgilangan joydan o’tish va uyali aloqa vositalari, quloqchinlardan foydalanmaslik hamda juda ko’plab uchrayotgan avtohalokatlar va buning oqibatida ko’p insonlarning qurbon bo’lishayotganligi kabilar to’g’risida so’zlab o’tishdi, shuningdek, bu borada yetarli darajada tushuncha va ko’rsatmalar berildi.

Jarayon davomida yurtimizda uchrayotgan avtohalokatlar aks etgan videolavha davra suhbatida ishtirok etayotgan talaba-yoshlarga Samarqand viloyat IIB YHXB xodimlari tomonidan namoyish etildi. So’ngra talabalar o’zlarini qiziqtirgan barcha savollarga mutasaddilardan atroflicha javob olishdi.

Ta’kidlab o’tamizki, nafaqat har bir talaba, balki har bir fuqaro ham yo’l harakati qoidalariga amal qilsa, yo’llarda transport hodisalarining oldi olingan bo’lar edi. Shuningdek, barchangizni yo’l qoidalariga amal qilishga chaqirib qolamiz.

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2021-11-12 17:05:00 112