2021-yilning 30-noyabr kuni Samarqand davlat chet tillar instituti professor-oʻqituvchilari va talabalari uchun Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 11-avgustdagi “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi OʻRQ-707-son qonun, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 710-son qarorlari mazmun-mohiyati hamda Samarqand viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish koʻrsatkichlari  mavzusida viloyat statistika boshqarmasi mutasadilari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Jarayonni institutning Ingliz tili-II fakulteti dekani Otabek Yusupov ochib berdi.

Jumladan, soʻzga chiqqan viloyat statistika boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari Abdiyev Sharof Azamovich viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish koʻrsatkichlari, statistika tizimida amalga oshirilayotgan islohatlar hamda statistik hisobotlarning shakllanish jarayoni, shuningdek, qonunda belgilangan vazifalar hamda ularning bugungi kundagi ijrosi toʻgʻrisida qisqacha maʼlumot berib oʻtdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaror ijrosi yuzasidan viloyatimizda amalga oshirilayotgan ishlar haqida boshqarmaning Roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻlimi boshligʻi Shukurov Firdavs Abdusaidovich maʼlumot berdi.

Jarayon doirasida viloyat statistika boshqarmasi rahbariyati tomonidan institut kutubxonasiga bir nechta statistik toʻplamlar hadya etildi.

Davra suhbati qizgʻin savol-javoblarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi. Professor-oʻqituvchilar va talabalar tomonidan berilgan barcha savollarga viloyat statistika boshqarmasi mutasaddilari tomonidan toʻliq javoblar olindi.

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

 

Share:
2021-11-30 18:30:00 140