Samarqand viloyatida bo’lib o’tayotgan “O’zbekiston yoshlar forumi – 2021” doirasida bugun, 13-dekabr kuni Samarqand davlat chet tillar institutida viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari talabalaridan tashkil topgan jamoalar o’rtasida “Zakovat” intellektual o’yini musobaqasi o’tkazildi.
O’tkazilgan musobaqa natijasiga ko’ra, 1-o’rinni Samarqand davlat chet tillar institutining “Biz kim o’zbeklar” jamoasi, 2-o’rinni Samarqand davlat universitetining “Espado” jamoasi, 3-o’rinni Samarqand iqtisodiyot va servis institutining “Gallaktikus” jamoasi qo’lga kiritdi.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch










