Davlat xizmati uchun yangi avlod zahira kadrlarni shakllantirish, joylarda yosh liderlarni tayyorlash maqsadida “Kelajak liderlari” klubi tashkil etilgan. Respublikamiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan “O‘zbekiston yoshlar Forumi – 2021” oyligi doirasida mazkur klubning tadbirlari ham bo‘lib o‘tmoqda.

Yoshlarning fikr va g’oyalarini eshitish hamda ularni muhokama qilish uchun maydon yaratish, zamon qahramonlarini kashf etish, ularning ilmiy va ijodiy salohiyatlarini ro‘yobga chiqarish hamda jamiyatdagi yangiliklarga faol jalb etish maqsadida o‘tkazilayotgan mazkur Forumda “Kelajak liderlari” klubi a’zolari o‘z fikrlarini bayon etish uchun imkoniyat yaratildi.

Jumladan, o‘tkazilayotgan Forum doirasida fursatdan foydalanib liderlar ham viloyat rahbariga o‘z taklif-mulohazalarini, ayni kunda yoshlar uchun dolzarb bo‘lgan takliflarini bildirib, taqdimotlarini ham o‘tkazishdi. Jarayon davomida "Kelajak liderlari" klubi a'zolari,  sport, san'at hamda ilmiy sohalarda faoliyat olib borayotgan mutasaddi rahbarlar ham ishtirok etishdi va yoshlarga o‘zlarining tajribalarini ulashib, takliflarini bildirishdi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2021-12-17 11:50:00 151