Samarqand davlat chet tillar instituti Sharq tillari fakultetining “Uzoq Sharq tillari” kafedrasi o‘qituvchilari hamda fakultetning 102-, 109-, 110-guruh talabalari Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi 62-sonli imkoniyati cheklangan bolalar maktab-internatida bo’lishdi.
Jarayon davomida Sharq tillari fakulteti jamoasi tomonidan Yangi yil bayrami munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda talabalar tomonidan tayyorlangan musiqiy chiqishlar, raqslar hamda savol-javob o’yinlari maktab-internatida tahsil oluvchi bolalarga namoyish etildi.
Shuningdek, jarayon so’ngida bolajonlarga “Uzoq Sharq tillari” kafedrasi o‘qituvchilari hamda fakultetning 102-, 109-, 110-guruh talabalari tomonidan olib borilgan Yangi yil sovg‘alari topshirildi.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch






