2021-yil 21-dekabr kuni Samarqand davlat chet tillar instituti qoshidagi Konfutsiy institutining xitoylik va mahalliy o‘qituvchilari hamda talabalari Samarqand shahridagi 61-eshitish qobiliyati cheklangan bolalar maktab-internatiga tashrif buyurishdi. Xabaringiz bo‘lsa, ushbu maktab-internatiga o‘tgan o‘quv yilida ham tashrif qilingan edi.

Maktabning faollar zalida 2-sinf o‘quvchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bolajonlar “eski do‘stlari” bilan uchrashganlarida hayajon bilan imo-ishora tilida “salom”, “xush kelibsiz” va “Sizni yana bir bor ko‘rganimdan xursandman” deya o‘zlarining xursandchiliklarini ifoda etishdi. Shundan so‘ng Konfutsiy instituti talabalari tomonidan bolalar uchun xitoycha, o‘zbekcha milliy raqslar ijro etildi.

Jumladan, jarayon so‘ngida Konfutsiy instituti o‘qituvchilari va talabalari tomonidan bolalar uchun tayyorlangan Yangi yil sovg‘alari tuhfa etildi, bolalar yana imo-ishora tilida “rahmat” va “Yangi yilingiz bilan” deb institut jamoasiga o‘z minnatdorchiliklarini izhor etishdi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2021-12-22 16:20:00 135