Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi qabul qilinishining 70 yilligi munosabati bilan 2018-yil 22-23 noyabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan Inson huquqlari bo‘yicha Osiyo Forumini yuqori saviyada o‘tkazishga qizg ‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
Xalqaro Forumga tayyorgarlik doirasida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.Majidov SamDChTI rahbariyati, professor-o‘qituvchilari va talabalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Inson huquqlari bo‘yicha Osiyo Forumining mazmun mohiyati, uning aynan O‘zbekistonda o‘tkazilishining ahamiyati, Respublikamizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xorijiy mehmonlarni kutib olib, ularga hamrohlik qilish madaniyati masalalari yuzasidan o‘z taklif mulohazalarini bildirdi va tegishli tavsiyalar berdi.
Uchrashuv erkin muloqot shaklida olib borildi, yig’ilganlar nafaqat xalqaro Forum, balki Oliy ta’lim tizimiga oid masalalar yuzasidan ham o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Ma’lumot uchun Inson huquqlari bo‘yicha Osiyo Forumi davomida tarjima jarayonlarida ko‘mak ko‘rsatish, shaharning diqqatga sazovor joylariga sayohatlar uyushtirish hamda tashkiliy guruhlar tarkibida ishlash uchun ma’lum tajribaga ega bo‘lgan, chet tillarni yaxshi o‘zlashtirgan talabalar, magistrantlar va o‘qituvchilar safidan 85 nafar tarjimon volontyorlar saralab olindi.
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch





