Talabalarga yetarli darajada imkoniyat va qulayliklar yaratib berish, ularning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda bandligini ta’minlash borasida hukumatimiz rahbari tomonidan respublikamizda qator islohotlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Shu munosabatda Samarqand davlat chet tillar institutida ham talabalarning darsdan tashqari vaqtlarini kitobxonlikka, turli xil tanlovlarga, “Zakovat” o’yinlari, “Bir asar muhokamasi” loyihasi, shuningdek, “Shaxmat” va “Shashka” kabi sport to’garaklari hamda xorijiy tillarni o’rganish kabi mashg’ulotlarga jalb etish borasida tizimli ishlar yo’lga qo’yilgan.

Ushbu amaliy ishlar doirasida bugun, 2-mart kuni Samarqand davlat chet tillar instituti talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talaba-yoshlar ishtirokida muntazam o’tkazilib kelinayotgan “Zakovat” intellektual o’yinining navbatdagi soni bo’lib o’tdi.

Share:
2022-03-17 11:13:03 1010