Ayol azaldan mehr-shafqat va sadoqat timsoli bo’lib kelgan. Ayol deganda ko’z o’ngimizda, avvalo, ulug’ va tabarruk ona siymosi gavdalanadi. Inson zoti borki, olamdagi barcha yaxshilik va ezguliklarni, hayot sir-u asrorlari va saboqlarini onaning mehr-u sahovati tufayli o’rganadi. Ayol borki, olam munavvar, ayol borki, hayot go’zal va maftunkor.
Bugun, 8-mart "Xalqaro xotin-qizlar kuni" bayrami munosabati bilan Samarqand davlat chet tillar institutida tantanali katta tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirni institut rektori Ilhomjon To’xtasinov kirish so’zi bilan ochib berdi.
— “Ona tabiat chiroy ochib, atrof-muhit yashil libosga burkanib, bahor nashidasi tobora kuchayib borayotgan ayni shu fusunkor ayyomda siz, azizlarimni, sizlarning timsolingizda butun institut xotin-qizlarini 8-mart bayrami bilan chin qalbimdan tabriklashni o‘zim uchun katta baxt deb hisoblayman” deydi, – institut rektori.
Tadbir davomida institutning iqtidorli va faol talabalari tomonidan turli tillarda qo‘shiq va she’rlar, milliy raqslar ijro etildi. Shuningdek, tadbir so‘ngida tadbir tashkilotchilari maxsus diplom hamda faxriy yorliqlari bilan taqdirlanishdi. Institutda faoliyat ko’rsatib kelayotgan barcha xotin-qizlarga institut rahbariyati tomonidan tashkil etilgan bayram sovg’alari tuhfa etildi.










O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
