O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga binoan respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalariga xorijning nufuzli oliygohlaridan malakali mutaxassislarni jalb etish chora-tadbirlarini amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Shu munosabatda Samarqand davlat chet tillar instituti tomonidan ta'lim sifatini oshirish, talabalarning xorijiy tillarni o’rganish samaradorligini yanada oshirish maqsadida o‘quv jarayonlariga ko‘plab xorijlik mutaxassislar taklif etilib kelinmoqda.

Jumladan, Samarqand davlat chet tillar instituti va Italiyaning Siena xorijliklar universiteti o’rtasidagi mavjud hamkorlik aloqalari doirasida bugun, 9-mart kuni institutda “Filologiya va tillarni o’qitish: italyan tili" ta’lim yo’nalishida tahsil oluvchi talabalarga dars berish maqsadida italiyalik italyan tili o'qituvchisi Sabrina Maffei xonim o’z faoliyatini boshladi.

Sabrina Maffei xonim Samarqand davlat chet tillar institutida 2 oy davomida faoliyatini davom ettiradi. Institut rektori Ilhomjon To’xtasinov bilan o’tkazilgan bugungi uchrashuvda kelgusida hamkorlikda qilinadigan ishlar xususida fikr-mulohazalar almashinilib, rejalar belgilab olindi.

Share:
2022-03-19 08:41:35 129