Samarqand davlat chet tillar instituti talabalar turar joyida talabalarning yashashi, o‘z ustida mustaqil ishlashi, dam olishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan bo‘lib, talabalar uchun chet tillarini o‘rganish, shuningdek, zakovat, sport, san’at kabilar bo‘yicha to‘garaklar faoliyatI yo‘lga qo‘yilgan.
Jumladan, haftaning har chorshanba kuni institut talabalar turar joyida “Zakovat” intellektual o‘yini muntazam o‘tkazilib kelinadi. Davom etayotgan “Zakovat” o‘yiniga institut rektori Ilhomjon To‘xtasinovning to‘satdan kelishi va mazkur alq charhi o‘yini insonda mantiqning, falsafaning shakllanishiga zamin yaratishi, shuningdek, dunyoqarash hamda fikrlash kabi qobiliyatlarni kengaytirishi to‘g‘risida so‘zlagan nutqi talaba-yoshlarda “Zakovat” o‘yiniga nisbatan yanada shijoat uyg‘otdi.
Talabalar bilan suhbatlashish chog‘ida o‘quv jarayonlarida muntazam ishtirok etish lozimligi, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ham faol bo‘lish, ilmiy-amaliy konferensiyalar hamda turli xil xalqaro va respublika tanlovlarida qatnashish kerakligi to‘g‘risida aytib o‘tildi.







O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
