Bugun, 11-mart kuni Samarqand davlat chet tillar instituti ilmiy Kengashining navbatdagi 7-sonli yig’ilishi bo’lib o’tdi. Kun tartibida quyidagi masalalar ko’rildi:

– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Hay’ati yig‘ilishi qarorlari va buyruqlari hamda institut Kengashi qarorlarining bajarilishi, shu asosida institut vazifalari;

– Ingliz tili I va Ingliz tili II  fakultetlarida o‘quv, ilmiy va ma’naviy soha hamda kadrlar tayyorlash sifati, o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash borasidagi ishlar;

– Institut akademik litseyida o‘quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy ishlarni yanada takomillashtirish;

– Qo‘shma ta’lim dasturlari faoliyati samaradorligini oshirish, qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, hamkor oliy ta’lim muassasalarining sinovdan o‘tgan tajribalarini o‘quv jarayonlariga tatbiq etish;

– Institut axborot-resurs markazi faoliyati;

– Institutda budjet hamda budjetdan tashqari mablag‘larni topish va undan samarali foydalanish holati;

– Samarqand davlat chet tillar institutida axborot kommunikatsiya va texnologiyalarni joriy qilishning ahvoli hamda oldinda turgan vazifalar;

– Fakultetlarda talabalar davomati va tartib-intizomi to‘g‘risida;

Shuningdek, ilmiy unvon hamda ilmiy darajaga erishgan tadqiqotchi professor-o‘qituvchilar diplom hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.

Share:
2022-03-19 09:28:49 134