Xabaringiz bor, davlatimiz rahbari joriy yilning 4-mart kuni oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarning bandligini ta’minlash bo’yicha videoselektor o’tkazdi va unda talabalarning bandligi, ish bilan ta’minlanishi, shuningdek, qo’shimcha ish o’rinlarini yaratish bo’yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.
– Oliygoh katta oila. Bu oilaning rahbari – rektor. Ota-onalar eng katta boyligini, farzandini sizlarga topshirgan. Shuning uchun rektorlar har bir talaba bilan shaxsan uchrashishi shart. Bu borada haqiqiy holatni bilib, talabalarning oilaviy ahvoli, sharoiti, qanday o‘qiyapti, muammolari va takliflari, xullas, hammasi haqida har oyda hisobot beradi va bu masalaga shaxsan mas’ul bo‘ladi, – deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.
Shu munosabat bilan Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilhomjon To’xtasinov ishtirokida institut mutasaddilari tomonidan keng qamrovli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Bu haqda avval ham xabar qilgan edik.
Jumladan, rektor joriy yilning 12-mart kuni institutda tahsil olib kelayotgan talabalar bilan ochiq moloqot o’tkazdi. Ochiq muloqot davomida barcha talabalarning taklif hamda fikrlari tinglandi. So’ngra Ilhomjon To’xtasinov institut talabalarini ish bilan ta’minlash, ularga yangi ish o’rinlarini ajratish, talabalarning takliflari va ehtiyojlaridan kelib chiqib ish o’rinlarini ajratish kabilar borasida tizimli ishlar belgilab olingani hamda ishlash istagida bo’lgan barcha talabalarnining bandligini ta’minlash xususida mas’ullar tomonidan sa’y-harakatlar olib borilayotganligini ta’kidlab o’tdi.
Shuningdek, ularning o’qish va ta’lim olish davomida har tomonlama qo’llab-quvvatlanishi, ko’mak lozim bo’lganida institut mutasaddilari doim tayyor ekanliklari aytib o’tildi. Shundan so’ng institut rektori talabalarga bo’sh vaqtlarida foydali ishlar bilan shug’ullanishi, xususan, olimpiadalar, nomdor davlat stipendiyalariga hamda xalqaro tanlovlarga tayyorgarlik ko’rishlari borasida takliflarini bildirib o’tdi.
Ma’lumot uchun, institut talabalaridan 1919 nafari o‘zlarining ehtiyojlari va kasblaridan kelib chiqib mehnat faoliyati bilan band qilingan. O‘rganish va so‘rovnomalar natijasida 843 nafar talabalarning ishga muhtojligi aniqlandi, shundan bugungi kunda 220 nafari ish bilan bandligi ta’minlandi.
Hozirda ishga ehtiyojmand talabalarning qolgan 623 nafarini institutning ichki imkoniyatlari, tadbirkorlik sub’yektlari, umumta’lim maktablari, institut yo‘nalishi bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan 10 ta yirik korxonalar va boshqalar orqali ish bilan ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.
Bundan tashqari, Germaniyadagi “The Simson Private Academy” va “Globalconsalt” bandlik firmalari bilan birgalikda kamida B1 xalqaro til bilish darajasiga ega yosh bitiruvchilarni birinchi navbatda amaliyotga va so‘ngra ish bilan ta’minlash bo‘yicha kelishib olindi. Hamkorlarmiz 3 oy o‘qitib, barcha yo‘l kira, yotoq joy va 3 mahal ovqatlanish hamda 1000-1800 yevro atrofida oylik maoshini berishini taklif qilishdi, bu bo‘yicha amaliy ishlar boshlab yuborildi.

.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
