Bugun, 14-mart kuni Samarqand davlat chet tillar institutida rahbariyat vakillari, bo’limlar boshliqlari hamda fakultetlar dekanlari ishtirokida yig’ilish bo’lib o’tdi.

Yig’ilish davomida ishga muhtoj talabalarni aniqlash va ularni ishga joylashtirish, davlat tashkilotlarida bo‘sh ish o‘rinlarining mavjudligi aniqlab, ular bilan hamkorlikda ish olib borish, mavjud til o’qitish markazlari faoliyatini kengaytirish orqali bo’sh ish o’rinlari yaratish, institutning hamkorliklari doirasidagi sohalar, ya’ni ta’lim, xizmatlar ko’rsatish, ishlab chiqarish, umumta’lim maktablari, turizm kabi sohalar faoliyatini kengaytirish bilan birgalikda yangi ish o’rinlarini yaratish, shuningdek, yaratilgan ish o’rinlariga talaba-yoshlarni jalb etish orqali ularni ish bilan ta’minlash kabi masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, fakultetlar maddiy-texnik vositalarini mustahkamlash, yaqinlashib kelayotgan “Navro’z” bayramiga tayyorgarlik ko’rish va bayramni yuqori saviyada tashkil etish kabilar ham jarayon davomida ko’rib chiqildi.

Jumladan, Samarqand davlat chet tillar institutida talabalar orasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga mas’ul bo’lgan rektor maslahatchisi lavozimiga tayinlangan xodim, ya’ni Kulmuradov Sanjar Imbarovich jamoaga tanishtirildi.

Share:
2022-03-19 10:00:10 133