Bugun, 15-mart kuni Samarqand shahridagi fransuz tiliga ixtisoslashgan 43-sonli umumta’lim maktabida Samarqand davlat chet tillar instituti “Fransuz tili va adabiyoti” kafedrasi professor-o’qituvchilari, maktab o’quvchilari va ularning ota-onalari, shuningdek, maktabda faoliyat olib borayotgan o’qituvchilar ishtirokida uchrashuv bo’lib o’tdi.
Jarayon davomida institutning “Fransuz tili va adabiyoti” kafedrasi professor-o'qituvchilari tomonidan chiqishlar qilindi va ular tomonidan institut to’g’risida batafsil ma’lumot berilib, bu yilgi ta'lim tizimidagi o'zgarishlar, talaba-yoshlar uchun yaratilayotgan qulayliklar, shuningdek, ta’lim sifatini oshirish borasida qilinayotgan ishlar, qabul parametrlaridagi o’zgarishlar kabilar haqida atroflicha ma'lumotlar berib o'tildi.
Jumladan, kelgusida hamkorlikda ishlash va qator rejalarni amalga oshirish borasida 43-sonli umumta’lim maktabi ma’muriyati hamda Samarqand davlat chet tillar instituti professor-o’qituvchilari o’rtasida vazifalar belgilab olindi.

.jpg)
.jpg)
.jpg)

O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
