Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi huzuridagi “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy xodimlarning kasbiy darajasini oshirish bo‘limi tomonidan “Mahallalarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish” nomli ilmiy loyiha yaratildi.
Mazkur loyihani ishlab chiqishda Samarqand davlat chet tillari instituti ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedogog kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori Bekpo’lat Turobov hamda Samarqand viloyati Qo‘shrobot tumani “Qo‘shrobot” faoli Mahbuba Yaqubovalar ham faol ishtirok etishdi.
Shuningdek, loyiha doirasida Qo'shrabot tumani XTBga qarashlli 62-sonli umumta'lim maktabida "Yosh kitobxon o'quvchi" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Jarayonda maktab o'quvchilari o'zlari tayyorlab kelgan sahna ko'rinishlari, bahr-u bayt, savol-javoblar bilan mehmonlar e'tiborini qozonishdi. Tadbir yakunida barcha ishtirokchilarga kitoblar va esdalik sovg‘alar topshirildi.
Ana shunday kitobxonlikka bag’ishlangan tanlov hamda tadbirlardan biri Qo’shrabot tumani “Robot” qishlog’ida ham mahalla yoshlari ishtirokida tashkil etildi.

.jpg)
.jpg)
.jpg)
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
