Bugun, 16-mart kuni Samarqand davlat chet tillar instituti rektori institutda faoliyat ko’rsatib kelayotgan tyutorlar bilan uchrashdi. Unda talabalar bo’sh vaqtlarining mazmunli tashkil etilishini ta’minlar va yangi ish o’rinlarini yaratib, talabalarni ish bilan ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Jumladan, davlatimiz rahbari tomonidan talabalarni ish bilan ta’minlash borasida respublikamiz miqiyosida amalga oshirilayotgan islohotlar to’g’risida so’z yuritilib, shu munosabatda Samarqand davlat chet tillar institutida ham qator amaliy ishlar olib borilayotganligi xususida to’xtalib o’tildi.

Shuningdek, Samarqand davlat chet tillar institutida talabalar orasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga mas’ul bo’lgan rektor maslahatchisi lavozimiga tayinlangan xodim, ya’ni Kulmuradov Sanjar Imbarovich jamoaga tanishtirildi.

Jarayon so’ngida Navro’z bayramiga yuqori saviyada tayyorgarlik ko’rish va ko’tarinki kayfiyatda o’tkazish borasida mas’ullarga topshiriq berildi.


Share:
2022-03-24 12:40:53 150